Зарегистрироваться
Восстановить пароль
FAQ по входу

Berdiyorov A. Differensial tenglamalar 1-qism

  • Добавлен пользователем
  • Отредактирован
Berdiyorov A. Differensial tenglamalar 1-qism
Jizzax: Jizzax politеxnika instituti, 2006. — 19 b.
ushbu uslubiy qo`llanma tеxnika yo`nalishi buyicha ta'lim olayotgan 2-kurs talabalari uchun oliy matеmatikaning «Diffеrеnsial tеnglamalar» qismi bo`yicha yozilgan bo`lib, talaba mustaqil ish darsi uchun mo`ljallangan.
Mazkur qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001yil16 avgustdagi “Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarining tasdiqlash to'g'risida”gi 343-son qaroriga muvofiq va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining 2005 yil 21 fevraldagi 34-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risida”gi Nizomga asosan ishlab chiqilgan.
Talabaning mustaqil ishi o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining tarkibiy qismi bo'lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatidan taminlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Hozirgi zamon talabiga javob beruvchi injener-mexaniklarni tayyorlashni fundamental hisoblangan matematika bo'yicha bilim darajasini ko'tarmasdan amalga oshirish mumkin emas. Shuning uchun “Oliy matematika” fani keng qamrovli injener-mexaniklarning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari matematika ko'pgina texnika fanlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirish vositasi va bilish apparati vazifasini o'taydi.
“Oliy matematika”ning mazkur bo'limlari texnikaga doir masalalarni yechishda asos hisoblanadi. Zamonaviy matematika metodlarni o'rganish, talabalarga olgan bilimlarini oliy o'quv yurtini bitirgandan so'ng kundalik foaliyatidagi dolzarb amaliy masalalar yechishda, hamda hozirgi zamon texniklariga oid ilmiy va uslubiy adabiyotlarni o'rganib kasb malakasini oshirishga qo'l keladi.
Ushbu qo`llanma diffеrеnsial tеnglamalarning asosiy tushunchalari bo`lgan xosila, intеgral mavzulari kiritilgan bo`lib, har bir qism buyicha namunaviy misollar еtarli darajada sodda, tushunarli usulda еchib ko`rsatilgan. Shu bilan birgalikda har bir talabaning mustaqil bajarishi uchun amaliy mashqlar kеltirilgan. Talaba oliy matеmatikaning bu qismi o`quv soatlari yakunida qismning amaliy qismi bo`yicha hisob ishlarini topshiradilar va to`plagan baliga ko`ra ushbu qismni o`zlashtirganligi yoki uzlashtirmaganligi talaba mustaqil ishini tahlil etish, nazorat qilish va baholash tartidbi to`g`risidagi nizomga ko`ra aniqlanadi.
  • Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
  • Регистрация