Darslik. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. — 367 b.
Darslikda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida amalga oshirilayotgan zamonaviy
tadqiqotlar asosida psixologik bilimlarga tayangan holda turli toifadagi huquqbuzar shaxslar bilan psixologik aloqa o’rnatish yo’llari, huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatining axloqiy-ma‘naviy, masalalari ko’rib chiqiladi. Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat faoliyatida kasbiy buzilish va uni bartaraf etish choralari, profilaktik faoliyatni amalga oshirishda fuqarolarga psixologik ta‘sir etishning alohida usullari bayon etiladi. Profilaktik ishlar subyektlarining turli xulq-atvor shakllari va ruhiy-emotsional holatlari, imo-ishora, mimika, yuz ifodasi, harakatlanish, muomala uslubini psixologik jihatdan sharhlashga doir nazariy va amaliy qoidalar bayon etiladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati psixologiyasini o’rganayotgan tinglovchi va talabalar, ilmiy tadqiqotchilar hamda professor-o’qituvchilarga, shuningdek, ichki ishlar organlarining amaliyotchi xodimlariga mo’ljallangan.