Зарегистрироваться
Восстановить пароль
FAQ по входу

Ahrorqulova M.A., Qultayeva F.E. English in Topics

  • Добавлен пользователем
  • Отредактирован
Ahrorqulova M.A., Qultayeva F.E. English in Topics
Samarkand: DAQI IO‘K o‘quv-uslubiy adabiyotlar nashr qilish seksiyasi, 2007, 29 bet
Qo‘lingizdagi ushbu uslubiy ishlanma SamDAQI barcha yo‘nalish talaba va magistrlari uchun ingliz tilidan interaktiv og‘zaki nutqni o‘stirish va mustaqil ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib 2 qismdan iborat.
Bu uslubiy ishlanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2004 yil 17.09 da tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan bo‘lib, birinchi qismiga darslarda so‘zlashuv amaliyotini o‘rgatish va talabalarning mustaqil ishlashlari uchun mo‘ljallangan ommabop mavzular kiritilgan. Bular jumlasiga milliy merosimiz, qadriyatlarimiz, milliy o‘zlikni anglash, mustaqil O‘zbekistonning odob-axloqiy asoslari, sanoat qurilishi va iqtisodiy rivojlanishi, mashhur o‘zbek va ingliz yozuvchi hamda milliy qahramonlari, Markaziy Osiyo ekologik muammolari, atrof-muhitni muhofaza qilish, Vatan himoyachilari kuni, sportning hayotimizdagi o‘rni kabi matnlar kiradi. Har bir matndan so‘ng yangi so‘z va iboralarning tarjimasi va matn asosida tuzilgan savollar keltirilgan.
Ushbu uslubiy ishlanma nafaqat institut talabalari balki magistrlar, aspirant va mustaqil o‘rganayotganlar uchun ingliz tili darslarida og‘zaki nutqni o‘rganish va bilim malakalarini oshirishga imkon yaratadi.
  • Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
  • Регистрация